Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda quruq portlar tashkil etiladi
Mamlakatda qo‘shma transport – logistika kompaniyalari va quruq portlar tashkil etiladi
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
Hujjat bilan 2020 yil 1 oktabr chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Rejada O‘zbekistonda yuklarning avia va avtotashuvlariga ixtisoslashgan qo‘shma transport-logistika kompaniyalarini va quruq portlarni tashkil etish va buning uchun dunyodagi yetakchi transport kompaniyalarini jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi, TIV.
Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan Umumiy imtiyozlar plyus (GSP+) tizimi doirasida Yevropa Ittifoqining imtiyozlarini olish masalasini o‘rganish ko‘zda tutilgan.
2020 yil 1 oktyabrga qadar chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Dasturda:
O‘zbekistonni GSP+ foyda oluvchi mamlakatlar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi hujjatlar to‘plamini Yevropa tomoni uchun tayyorlash va taqdim etish;
O‘zbekistonni GSP+ foyda oluvchi mamlakatlar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidan Hukumatidan muvofiqlashtiruvchini tayinlash nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, TIV, vazirlik va idoralar
Mavzuga oid
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
15:45 / 19.02.2026
O‘zbekistonda avtobanlar tashkil etish vazifasi davlat dasturiga kiritildi
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
17:47 / 16.02.2026