Rustam Inoyatov O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi lavozimini tark etdi
O‘zbekiston tennis federatsiyasiga yangi rahbar saylandi. Uzoq yillar bu lavozimni egallab kelgan 75 yoshli Rustam Inoyatov o‘rnida endilikda Alisher Mirsoatov faoliyat olib boradi.

Foto: Kun.uz
6 mart kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston tennis federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda federatsiyaga yangi rahbar saylash kun tartibidagi asosiy masala edi, deb xabar bermoqda MOQ axborot xizmati.
«Konferensiyani O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi, Osiyo tennis federatsiyasi vitse-prezidenti Iroda To‘laganova olib bordi va dastlab federatsiya faoliyatidagi yangiliklar, yutuq va kamchiliklar haqida hisobotni o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng federatsiyaning yangi rahbarligiga O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruv raisi Alisher Kudratullayevich Mirsoatov nomzodi ilgari surildi.
Konferensiya ishtirokchilari nomzodni bir ovozdan ma’qullashdi va Alisher Mirsoatov O‘zbekiston tennis federatsiyasining yangi raisi deb e’lon qilindi», – deyiladi rasmiy xabarda.
Shundan so‘ng so‘zga chiqqan MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov va O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov nomzod haqida o‘z fikrlarini bildirib, yangi rahbarning faoliyatida omad tilagan.
«Federatsiyani uzoq yillar davomida boshqarib kelgan Rustam Inoyatovga ham alohida minnatdorchilik izhor etaman. Aynan shu kishining boshqaruvida tennis federatsiyasida ish darhaqiqat professional tarzda yo‘lga qo‘yildi», – degan Rustam Shoabdurahmonov.
U Rustam Rasulevichni federatsiyaning faxriy prezidenti etib saylash taklifini kiritgan va taklif konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullangan.
Ma’lumot uchun, Rustam Inoyatov 1999 yildan buyon O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi edi. 2018-2019 yillarda senator sifatida ham faoliyat olib borgan Inoyatov ayni paytda O‘zbekiston Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi sanaladi.
Federatsiyaning yangi raisi Alisher Mirsoatov avvalgi rahbariyat professional ish olib borganini ta’kidlagan.
«Tennis mening eng sevimli sport turlarimdan biri. Avvalgi rahbariyat professional ish olib bordi. Endi mendan 2-3 barobar samarali ishlash talab etiladi. Bu jamoa bilan bor kuch-g‘ayratimni berib ishlashga va’da beraman» – deya Alisher Mirsoatovdan iqtibos keltirilgan xabarda.
Shuning bilan O‘zbekiston tennis federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘z ishini yakunladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

23:10 / 20.02.2025
Zelimxon Haydarov Tennis federatsiyasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

17:50 / 17.02.2025
Botir Rahimov tennis federatsiyasiga rais bo‘ldi

16:46 / 26.01.2025
Yannik Sinner yana Australian Open g‘olibi bo‘ldi

08:00 / 05.08.2024