Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘lovchi talashgan Damas haydovchilarining janjali pichoqbozlik bilan tugadi
Qashqadaryoda yo‘nalishli taksi haydovchilari yo‘lovchilarni taqsimlay olishmadi
2020 yilning 2 mart kuni taxminan soat 11:15larda Qarshi shahridagi “Eski shahar-Pistakent” yo‘nalish avtoturargohida Damas rusumli avtomashina haydovchisi 30 yoshli F.E. boshqa bir Damas rusumli avtomashina haydovchisi 22 yoshli N.Sh. bilan yo‘lovchi talashib, o‘zaro janjallashgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u N.Sh.ni haqorat qilib, yo‘lovchilarni o‘zining avtomashinasiga solib, navbatsiz “Guliston” yo‘nalishiga qarab yurib ketgan.
Shundan so‘ng, N.Sh. va uning tanishi 19 yoshli G.T. F.E.ning haqorat qilish sababini aniqlash maqsadida, N.Sh.ning avtomashinasida F.E.ning orqasidan borib, “Guliston” mahallasidagi ko‘chalarning birida uchrashishgan.
O‘zaro suhbat jarayonida F.E. fuqaro G.T.ga tortishuvga aralashmasligini aytib, o‘zaro janjallashib, yonidagi pichoq bilan G.T.ga nisbatan jarohat yetkazgan. Natijada G.T. tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va F.E. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.
Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026