Jahon | 15:05 / 09.03.2020
13437
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusdan zararlanganlar soni 110 mingdan oshdi

JSSTning so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan zararlanganlar soni 110 337 nafarga yetgan, shundan 80 739 holat Xitoyda qayd etilgan. Jami 3840 kishi virus qurboni bo‘lgan, shundan 3120 kishi - Xitoyda.

Foto: AFP

9 mart kuni holatiga ko‘ra, Xitoydan tashqarida jahonning 103 mamlakatida 30 mingga yaqin kishi koronavirusga chalingan, so‘nggi kun ichida bu davlatlarda aniqlangan holatlar 3,9 mingga oshgan.

South China Morning Post nashri ma'lumotiga ko‘ra, shu vaqtgacha virusdan tuzalib ketganlar soni 62 396 nafarni tashkil qilmoqda.

Xitoydan tashqarida koronavirusdan vafot etganlar soni bir kun ichida 503 nafardan 720 nafargacha oshdi: Italiyada virus keltirib chiqaradigan zotiljamdan 366 kishi, Eronda – 194, Janubiy Koreyada – 53, AQShda – 22, Fransiyada – 19, Ispaniyada – 17, Yaponiyada – 14 («Daymon Prinsess» kemasidagilar bilan birga),  Iroqda – 6, Avstraliya, Britaniya, Hongkong va Niderlandiyada – 3 nafardan, Shveytsariyada – 2, Misr, Tailand, Tayvan, Filippin, San-Marino va Argentinada bir nafardan bemor vafot etgan.

Virusga chalinganlar soni Janubiy Koreyada 7478 nafarni, Italiyada – 7375, Eronda – 6566, Fransiyada – 1209, Yaponiyada – 1198 («Daymon Prinsess» kemasidagilar bilan birga), Germaniyada – 1112, Ispaniyada – 675, AQShda – 564, Shveytsariyada – 337, Britaniyada – 278, Niderlandiyada – 265, Shvetsiyada – 203, Belgiyada – 200, Norvegiyada – 177, Singapurda – 150, Kanadada – 132, Malayziyada – 117, Hongkongda – 115, Avstriyada – 112, Bahraynda 109 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, yana o‘nlab davlatlarda 100tagacha bo‘lgan kasallanish holatlari qayd etilgan. 

Mavzuga oid