Sport | 14:01 / 10.03.2020
4285
1 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» Osiyoga yozgi turnesini bekor qildi

Foto: Twitter/@LFC

«Liverpul» COVID-19 koronavirusi tarqalyotgani sabab Osiyodagi mavsumoldi tayyorgarligidan voz kechdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, avvalroq mersisaydliklar mavsumoldi mashg‘ulotlarining bir qismini Sharqiy Osiyoda o‘tkazish borasida muzokara olib borishgan ekan.

Ma'lumot uchun, «Liverpul» Angliya chempionati yakuniga 9 tur qolgan vaqtda eng yaqin ta'qibchisi «Manchester Siti»ni 25 ochkoga ortda qoldirib, musobaqada g‘olib chiqishga yaqin turibdi. «Qizillar» so‘nggi marta 1990 yilda mamlakat chempioni bo‘lishgan.

Mavzuga oid