Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Tszinpin Uxan aholisini qahramonlar deb atadi
Xitoy raisi Si Tszinpin koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahriga tashrif buyurib, shahar aholisiga epidemiyaga qarshi kurashga qo‘shgan hissalari va fidokorliklari uchun butun xalq nomidan minnatdorlik bildirdi va ularni qahramonlar deb atadi.
“Uxan aholisining qurbonlari, fidokorligi, qat'iyati va sa'y-harakatlari evaziga bugun biz epidemiologik vaziyatda ijobiy o‘zgarishlarga egamiz. Uxan qahramon-shahar, uxanliklar esa qahramonlar deb atalishga loyiq”, deb aytgan Xitoy raisi.
Si Tszinpin epidemiyaga qarshi urushdagi g‘alabadan keyin shahar yana bir bor tarixga kirishini ta'kidlab o‘tgan.
“Butun partiya va mamlakatning ko‘p millatli xalqi sizlar bilan g‘ururlanadi. Partiya va butun xalq Uxan aholisiga minnatdorlik bildiradi”, deb aytgan Xitoy rahbari.
Uxan 23 yanvardan koronavirus sababli izolyatsiyada qolmoqda, shaharda transport aloqasi, aeroport va temir yo‘l vokzallari faoliyati to‘xtatilgan. Shahardan chiqish va unga kirish taqiqlangan. Shahar bo‘ylab harakatlanishga ham qat'iy cheklov kiritilgan.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025