O‘zbekiston | 19:33 / 12.03.2020
4119
2 daqiqa o‘qiladi

Biznes-obmudsmanga hokimlik ustidan arz qilgan tadbirkorning muammosi hal etildi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga Toshkent viloyati Angren shahrida ro‘yxatdan o‘tgan «Progress construction» MChJ rahbari Z.Burxonovdan murojaat kelib tushdi.

Biznes-vakil devonidan Kun.uz`ga ma'lum qilishlaricha, murojaatda korxona tomonidan Ohangaron shahar hokimligi bilan 2019 yil iyunda tuzilgan shartnoma asosida shaharga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari va yozuv moslamalari uchun hokimlik tomonidan to‘liq hisob-kitob qilinmagani, bir necha marta murojaat qilishiga qaramasdan masala hal bo‘lmagani, ayni vaqtda korxona qiyin moliyaviy ahvolda qolgani sabab Biznes-vakil devoniga murojaat qilishga majbur bo‘lganini bildirgan.

«Murojaat o‘rganib chiqilib, Ohangaron shaxar hokimligiga so‘rov yuborildi va masala yechimini topmagan taqdirda tadbirkorning manfaati Vakil devoni tomonidan belgilangan tartibda sud orqali himoya qilinishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Natijada Ohangaron shahar xokimligi masala sud organda ko‘rib chiqishga qadar hal etilishini bildirib, Vakil devoniga kafolat xati  taqdim etdi va 2020 yil 6 mart kuni korxonaning hisob raqamiga 120 mln so‘m miqdoridagi qarzdorlik to‘liq o‘tkazib berildi», – deyiladi xabarda.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid