Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi OTMlarda Sanitariya-epidemiologik tekshiruvlar o‘tkaziladi
16 martdan boshlab O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlarida Sanitariya-epidemiologik tekshiruvlari o‘tkaziladi.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining «Tibbiyot va farmatsevtika oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat, magistratura talabalari, klinik ordinator (rezident)larining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish to‘g‘risida»gi ko‘rsatma xatida aytib o‘tilgan.
Unga ko‘ra, joriy yilning 16–23 mart kunlari oralig‘ida barcha oliy o‘quv yurti ta'lim muassasalarida bakalavriat, magistratura talabalari va klinik ordinatorlarning ishlab chiqarish amaliyoti doirasida bir haftalik nazorat o‘tkazilishi lozim.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda ishlab chiqarish amaliyotiga mas'ul professor-o‘qituvchilar biriktiriladi va joriy yilning 13-14 mart kunlari amaliyotga jalb etilgan talabalar hamda klinik ordinatorlarga «Sog‘lom turmush tarzi» va «Yuqumli kasalliklar, shu jumladan, koronavirus infeksiyasi profilaktikasi» mavzularida seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti davrida hududlarda aholi o‘rtasida «Sog‘lom turmush tarzi» va «Yuqumli kasalliklar, shuningdek, koronavirus infeksiyasi profilaktikasi» mavzularida targ‘ibot-tashviqot ishlari faol olib boriladi.
Mavzuga oid
21:46 / 12.12.2025
«Elektron retsept». SSV jamoatchilikni qiziqtirayotgan muhim savollarga javob qaytardi
17:57 / 13.11.2025
O‘zbekistonda aholining yagona elektron tibbiy kartasi yaratildi
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024