Jahon | 00:20 / 14.03.2020
7513
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada koronavirus sababli favqulodda holat e'lon qilinadi

Ispaniya hukumati koronavirus epidemiyasi sababli mamlakatda favqulodda holat tartibi kiritilishini e'lon qiladi. Favqulodda holat 2 haftaga kiritiladi.

Foto: Xavier Ballart /NurPhoto

Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi

Mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches favqulodda holat 14 martdan 2 haftaga kiritilishini ta'kidlab o‘tgan. U Ispaniya virus tarqalishini to‘xtatish uchun barcha kuchlarni, jumladan harbiylarni jalb qilishini aytgan. 

“Bu har birimizning hayotimiz va sog‘lig‘imizga taalluqli favqulodda holatdir. Hukumat o‘z fuqarolarini himoya qiladi”, deb aytgan Sanches. 

Ta'kidlanishicha, favqulodda holat Ispaniya hukumatiga mamlakat ichida harakatlanishni cheklash hamda boshqa maxsus choralar kiritishga imkon beradi.

Avvalroq Ispaniyada koronavirusga chalinganlar soni 4209 nafarga yetgani, undan 120 kishi vafot etgani ma'lum qilingan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid