O‘zbekiston | 11:15 / 14.03.2020
7970
7 daqiqa o‘qiladi

Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholash mezonlari aniqlashtirildi

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish klasterlari va tashkilotchilari faoliyatini baholash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi

Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish klasterlari va tashkilotchilari faoliyatini baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Quyidagilar:

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish klasterlari va tashkilotchilari faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risida nizom;

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish klasterlari va tashkilotchilari faoliyatini baholash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tarkibi tasdiqlanadi.

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish klasterlari va tashkilotchilari faoliyati Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan baholanadi.

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish klasterlari va tashkilotchilari faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, u klasterlarga ajratilgan yoki biriktirilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, xomashyoni ishlab chiqarish va qayta ishlashga innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda qayta ishlangan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlardan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, tayyor mahsulotlarni tashqi bozorga yo‘naltirish hamda fermer xo‘jaliklarini moliyaviy manfaatdorligini ta'minlash kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.

Klasterlar faoliyatini baholash vakolatli organ tomonidan har yili fevral oyining yakuniga qadar amalga oshirilib boriladi.

Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish va mahsulot yetishtirish samaradorligi:

klasterga ajratilgan yoki biriktirilgan yer maydonlarining irrigatsiya-melioratsiya holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar:

a) ichki sug‘orish tarmoqlarini tozalanganligi (shuningdek, zovurlarni qazish) va undagi inshootlarni rekonstruksiya qilinganligi;

b) yer uchastkasini saqlash shartlariga va suvdan foydalanish tartibiga rioya etilganligi, yerning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish chora-tadbirlari ko‘rilganligi, shuningdek ushbu maqsadlar uchun o‘z mablag‘larini ajratganligi;

v) meliorativ holati yomon, foydalanishdan chiqqan va suv ta'minoti og‘ir bo‘lgan yer maydonlarini yaxshilash bo‘yicha zarur tadbirlarning amalga oshirganligi;

g) sug‘oriladigan yerlarni sho‘r bosishi va zaxlanishi, yerlarning va suv manbalarining ifloslanishi va zararlanishini oldini olish bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;

d) zamonaviy suv tejamkor (tomchilatib sug‘orish tizimi) texnologiyalarni joriy etilganligi;

ye) yer uchastkasidan qonun hujjatlarida, ijaraga olish shartnomasida ko‘rsatilgan talablar va qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish shartlari asosida maqsadli, samarali va oqilona foydalanganligi;

yo) yer uchastkalari maydonlari uzoq muddatli yer ijara shartnomasida belgilangan o‘lchamlarga nisbatan kamaytirib yuborish holatlariga, sug‘oriladigan maydonlarga asossiz ravishda bino-inshootlar qurilganligi yoki boshqa turdagi zarar yetkazilganligi;

Paxta hosilini yetishtirishning samarali usullarini joriy qilinganligi:

a) klasterlar tomonidan qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, almashlab ekish tizimini qo‘llanganligi;

b) paxtaning yangi navlarini yaratish, sinash, sifatli urug‘larni tayyorlash, yetishtirishning ilmiy asoslangan agrotexnologiyalarini joriy etish va ilmiy-tadqiqot muassasalari olim hamda mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan yangi ishlanmalarni tatbiq etilganligi;

v) klasterlar va fermer xo‘jaliklarida paxtani yetishtirish va hosilni terib olish jarayonida qo‘l kuchini kamaytirish va mexanizatsiya darajasini oshirish bo‘yicha yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlari bilan ta'minlanganligi;

Klasterlar va paxta xomashyosini yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida shartnoma munosabatlari va paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish:

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilganligi, so‘nggi uch yil davomida yetishtirilgan mahsulotlarni sotishdan tushadigan mablag‘lar bank hisob-varaqlarida aylanishi ta'minlaganligi;

paxta xomashyosini yetishtirish bo‘yicha shartnomalarning rasmiylashtirilganligi;

fermer xo‘jaliklariga paxta yetishtirish uchun avans mablag‘larining o‘z vaqtida ajratilganligi va urug‘lik chigit, yonilg‘i moylash mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini uzluksiz yetkazib berilganligi hamda mazkur resurslarning zaxirasi yaratilganligi;

qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilganligi;

paxta xomashyosini yetishtirish bo‘yicha shartnoma shartlarini bajarilganligi;

Moliyaviy ko‘rsatkichlar:

a) yetishtirilgan paxta xomashyosini fermer xo‘jaliklaridan xarid qilish va shartnomaga asosan yakuniy mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lab berilganligi;

b) ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larining o‘z vaqtida to‘liq qoplanganligi;

v) paxta to‘qimachilik klaster korxonalari fermer xo‘jaliklari tomonidan yetkazib berilgan paxta xomashyosini qayta ishlab, yakuniy ishlab chiqilgan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot hisobidan fermer xo‘jaliklariga qo‘shimcha haq to‘laganligi;

Klasterlarda qayta ishlash quvvatlarini mavjudligi:

paxta xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha:

a) tegirmon usulida;

b) paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining bino hamda inshootlari 5 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan baholash qiymatida sotib olinganligi;

v) o‘z mablag‘i hisobidan yangi paxtani qayta ishlash korxonasini tashkil etilganligi.

Tolani qayta ishlash va yuqori qiymatli raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni yaratilganligi:

a) ip-kalava (aralash ip kalava);

b) ip-gazlama (aralash ip-gazlama);

v) trikotaj mato;

g) matoni bo‘yash;

d) yuqori qiymatli raqobatbardosh tayyor mahsulotlar.

Paxta xomashyosini to‘liq qayta ishlash va to‘qimachilik hamda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha vertikal integratsiyalashgan ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha zimmasiga qabul qilingan investitsiya majburiyatlarini bajarilganligi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish va eksportga yo‘naltirish bo‘yicha yarim tayyor va yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarilganligi, ichki va tashqi bozorga yo‘naltirilganligi:

a) chigitdan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish;

b) tayyor trikotaj mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish;

Paxta tolasini majburiy markirovka (tamg‘alash) va avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish tizimini joriy etilganligi.

Bo‘lg‘usi paxta hosili va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sug‘urtalanganligi.

Sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilganligi, bunda ishlab chiqarish, transport, agrotexnik tadbirlar va tijorat banki bilan integratsiyalashganligi, “onlayn” nazoratni yo‘lga qo‘yilganligi.

Mavzuga oid