Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ADWEEK marketing va reklama haftaligi qoldirildi
Oktyabrda ADWEEK tadbirlarining o‘tkazilishi dasturi, qatnashish shartlari va joylari o‘zgarishsiz qoladi
Covid-19 kirib kelishi va tarqalishining oldini olish respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020 yil 16 martdan barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi.
IV ADWEEK marketing va reklama haftaligi tashkiliy qo‘mitasi ADWEEK o‘tkazilishini 2020 yil 15–17 oktabr kunlariga qoldirishga qaror qildi.
Oktyabrda ADWEEK tadbirlarining o‘tkazilishi dasturi, qatnashish shartlari va joylari o‘zgarishsiz qoladi. Ko‘rgazma, kreativ tanlov, marketing forumi va reklama konferensiyasining ro‘yxatdan o‘tgan barcha qatnashchilari avtomatik ravishda tadbir o‘tkaziladigan yangi muddatlarga ro‘yxatga kiritiladi.
TAF! kreativ tanloviga ishlar hamda marketing va reklama ko‘rgazmasida qatnashishga arizalar qabul qilish davom etmoqda. "Yil brendi" taqdirlash marosimi may oyida, karantin muddatlari tugagach o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025