O‘zbekiston | 12:18 / 16.03.2020
3157
6 daqiqa o‘qiladi

Angren shahri kompleks rivojlantiriladi

Angren shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari qabul qilindi

Foto: toshvil.uz

Vazirlar Mahkamasining “2020-2022 yillarda Toshkent viloyatining Angren shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2020-2022 yillarda Toshkent viloyatining Angren shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi:

2020-2022 yillarda Toshkent viloyatining Angren shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining moliyalashtirish manbalari;

sanoat, xizmatlar, servis va savdo sohalarida, avval xususiylashtirilgan bo‘sh turgan binolar negizida amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yxati, davlat tashkilotlariga tegishli bo‘lgan bo‘sh turgan bino va inshootlardan samarali foydalangan holda ular negizida ijtimoiy soha obektlarini tashkil etish tadbirlari;

muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini jadal rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilashga zamin yaratuvchi kompleks tadbirlar;

ijtimoiy soha obektlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xizmatlar sifati hamda qamrovini keskin oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlar;

ko‘p kvartirali uy-joylarni ta'mirlash, ekologik muhitni yaxshilash, obodonlashtirish, shahar aholisiga munosib yashash sharoitini yaratish bo‘yicha kompleks tadbirlar;

Angren shahrida ta'lim sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, madaniy-ma'rifiy sohada aholi faolligini oshirish, aholini sportga keng jalb etish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

shaharni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan fuqarolar bandligini ta'minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish;

yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish;

aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan ichki yo‘llarni va ijtimoiy soha obektlarini rekonstruksiya qilish va qayta ta'mirlash, aholining toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish;

shaharda ekologik muhitni yaxshilash, uning aholi salomatligiga salbiy ta'sirini kamaytirish choralarini ko‘rish, ko‘kalamzorlashtirish, manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish va yashil maydonlar, gulzorlar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish;

ijtimoiy soha muassasalari holatini yaxshilash, binolarini ta'mirlash, hududlarini obodonlashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini tubdan oshirish;

aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish klinikalari va tashxis markazlarini barpo etish;

aholining ma'naviyati va madaniyatini yanada yuksaltirish borasida tizimli tadbirlarni amalga oshirish.

Quyidagilar:

a) Toshkent viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Qurilish vazirligining loyiha tashabbuskorlarini jalb etgan holda, Angren shahar “Kimyogar” mahallasida joylashgan, qurilishi tugallanmagan va texnik jihatdan yaroqsiz holdagi uchta ko‘p qavatli yotoqxona binosini belgilangan tartibda buzib, bo‘shagan hududda Angren shahrining bosh rejasiga muvofiq 2020 yilda zamonaviy turar joy komplekslarini qurish;

b) Toshkent viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ilg‘or xorijiy tajriba asosida xorijiy investorlarni jalb etgan holda, Angren shahridagi A. Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘i (36 gektar) negizida zamonaviy istirohat bog‘i hamda “Oxunboboyev” nomli istirohat bog‘i (48 gektar) negizida zamonaviy ekopark barpo etish;

v) “Olmaliq KMK” AJning Angren shahri, “Taraqqiyot” mahallasi, O‘zbekiston mustaqilligi ko‘chasida joylashgan Bolalar-o‘smirlar sport maktabiga tegishli bo‘lgan “Delfin” yopiq suv havzasini rekonstruksiya qilish ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan beg‘araz amalga oshirib, 2020 yilning birinchi yarim yilligida foydalanishga topshirish;

g) Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent viloyati hokimligining Angren shahri, Ohangaron ko‘chasi, 64-uy manzilida joylashgan bo‘sh turgan sobiq ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi binosini:

xorijiy investorga (“Hitit Social Tesisler Soglik Insaat Tigaret”) “Nefrologiya va ko‘p tarmoqli klinika” tibbiy markazini o‘z mablag‘lari hisobiga tashkil qilish uchun “nol” xarid qiymatida sotish;

xorijiy investor tomonidan ikki yil muddatda 4 mln AQN1 dollari ekvivalentidagi investitsiya kiritish hamda kamida 5 yil davomida tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishini saqlab qolgan holda faoliyat ko‘rsatish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid