Choralar tashqi savdo yuklari harakatiga ta'sir ko‘rsatmaydi - Davlat bojxona qo‘mitasi
Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan choralar tashqi savdo yuklari harakatiga ta'sir ko‘rsatmaydi
Joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri huzurida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda, 2020 yilning 16 mart kunidan boshlab davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida shaxslar va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari harakatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Davlat bojxona qo‘mitasining ma'lum qilishicha, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ayrim fuqarolar tomonidan eksport-import tartibida transport vositalarida tashilayotgan yuklar ham chegaradan o‘tkazilmas ekan-da, degan ortiqcha xavotirlar bildirilmoqda.
“Shuni alohida ta'kidlash joizki, mazkur cheklovlar yuk avtomobillari, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, ularning transport vositalari va tashilayotgan tashqi savdo yuklariga taaluqli emas”, deyiladi DBQning Kun.uz'ga taqdim etgan ma'lumotida.
Chegara o‘tkazish hududlarida mazkur tashuvlarni amalga oshirayotgan shaxslar va ularning transport vositalari tegishli tartibda tekshiruvlardan o‘tkazilib, respublika orqali harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Ta'kidlanishicha, mazkur masalalarga oid har qanday murojaatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining tunu-kun faoliyat ko‘rsatuvchi 11-08 raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Avvalroq, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov viloyatlar shifoxonalari koronavirus kasalligiga qarshi kurashishga tayyor ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
19:30 / 31.01.2023
Imtiyoz, qulaylik va yo‘qolayotgan byurokratiya – bojxona tizimida nimalar o‘zgardi?
23:41 / 11.01.2023
Zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha yengillik berildi
07:32 / 07.01.2023
O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlarini aniqlash tartibi o‘zgaradi
08:28 / 28.12.2022