Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov viloyatlar şifoxonalari koronavirus kasalligiga qarşi kuraşişga tayyor ekani haqida ma'lum qildi.

“Barça viloyatlarda yuqori kompetensiyaga ega, ya'ni öqitilgan mutaxassislarimiz mavjud. Bundan taşqari, sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligining viloyatlarda koronavirus tarqalişi epidemiyasiga qanday çek qöyiş kerakligini biladigan mutaxassislari bor. Butunjahon soğliqni saqlaş taşkiloti bilan birgalikda biz tayyorgarlik jarayonlarini örganib çiqdik hamda mutaxassislarimizni öqitib, tayyorladik. Şuningdek, viloyatlardagi har bitta şifoxonada dezinfeksiya, individual himoya vositalari va dori-darmonlar zaxirasi yaratilgan hamda puxta tayyorgarliklar körilgan“, dedi Alişer Şodmonov.

Avvalroq, Özbekistonda yana uç kişida koronavirus qayd etilgani xabar berilgandi.

11 martda Fransiyadan qaytgan Özbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirusi 15 mart kuni aniqlangaç, u bilan muloqotda bölgan barça oila a'zolari ham respublika Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasi yotqizilgan.

Soğliqni saqlaş vazirligidan ma'lum qilişlariça, tahlil natijalari bemorning öğli va qizida koronavirus infeksiyasi borligini körsatgan.

Şuningdek, 15 mart kuni soat 05:15da Uzbekistan Airways aviakompaniyasining «Istanbul-Toşkent» yönalişidagi 274-reysi bilan kelgan Özbekiston fuqarosida ham koronavirus aniqlangan.