O‘zbekiston | 12:06 / 16.03.2020
9262
4 daqiqa o‘qiladi

Hukumat Bekobod shahriga aloqador qaror qabul qildi

Toshkent viloyatining Bekobod shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining “2020-2022 yillarda Toshkent viloyatining Bekobod shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2020-2022 yillarda Toshkent viloyatining Bekobod shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi:

2020-2022 yillarda Toshkent viloyatining Bekobod shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;

Bekobod shahrida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati hamda bo‘sh turgan obektlardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari;

Bekobod shahrida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini jadal rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilashga zamin yaratuvchi kompleks tadbirlar;

Bekobod shahrida ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va tamirlash hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks tadbirlar;

Bekobod shahrida ko‘p kvartirali uy-joylarni ta'mirlash, issiqlik ta'minoti sifatini oshirish, ekologik muhitni yaxshilash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlar;

Bekobod shahrida ta'lim sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, madaniy-ma'rifiy sohada aholi faolligini oshirish, aholini sportga keng jalb etish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

Bekobod shahrini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan fuqarolarning bandligini ta'minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish;

yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish orqali sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish;

aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan ichki yo‘llarni va ijtimoiy soha obektlarini rekonstruksiya qilish va qayta ta'mirlash, aholining toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish;

Bekobod shahrida ekologik muhitni yaxshilash, uning aholi salomatligiga salbiy ta'sirini kamaytirish choralarini ko‘rish, ko‘kalamzorlashtirish, manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish va yashil maydonlar, gulzorlar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish;

ijtimoiy soha muassasalari holatini yaxshilash, binolarini ta'mirlash, hududlarini obodonlashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini tubdan oshirish;

aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish muassasalarini barpo etish;

aholining ma'naviyati va madaniyatini yuksaltirish borasida tizimli tadbirlarni amalga oshirish.

Toshkent viloyati va Bekobod shahar hokimliklari tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va loyihalar tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqib, tasdiqlanishini ta'minlaydi.

Bekobod shahar hokimligi Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Bekobod shahri bosh rejasiga asosan Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidagi eski Xotira maydoni buzilishini belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, “ToshkentboshplanLITI” DUK bilan birgalikda shahar markazidan o‘tgan “Xos-yaz” kanali qirg‘oqlariga tutash hududlarni obodonlashtirish, atrofida sayilgoh tashkil etish loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid