Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yana uch kishida koronavirus aniqlandi
Dastlabki bemorning ikki farzandida, shuningdek Turkiyadan kelgan boshqa bir O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlandi.
11 martda Fransiyadan qaytgan O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirusi 15 mart kuni aniqlangach, u bilan muloqotda bo‘lgan barcha oila a'zolari ham respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi yotqizilgan edi.
Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma'lum qilishlaricha, tahlil natijalari bemorning o‘g‘li va qizida koronavirus infeksiyasi borligini ko‘rsatgan.
Shuningdek, 15 mart kuni soat 05:15da Uzbekistan Airways aviakompaniyasining «Istanbul-Toshkent» yo‘nalishidagi 274-reysi bilan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus aniqlangan.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025