Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya ham chegaralarini yopishni boshlaydi
Mamlakatdagi barcha maktab va universitetlar, ko‘plab korxonalar ham yopilishi ko‘zda tutilgan. Hukumat dushanba kuni Janubi-Sharqiy Osiyodagi koronavirus bilan bog‘liq holat yuqori darajaga ko‘tarilgandan so‘ng shunday qarorga kelgan.
REUTERS/Lim Huey Teng
Malayziya ham sayohatchilar uchun o‘z chegaralarini yopishni boshlaydi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Mamlakat bosh vaziri Muhiddin Yassin o‘z intervyusida chorshanba kunidan boshlab 31 martgacha barcha qarorlar kuchga kirishini ma'lum qildi.
«Hukumatimiz odamlarimiz hayotiga xavf soladigan pandemiya tarqalishini to‘xtatish uchun barcha choralarni ko‘radi. Maktablar va universitetlar yopiladi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish kompaniyalaridan tashqari davlat va xususiy biznes markazlari ham o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Chet elliklarning kirishiga hamda fuqarolarning chiqib mamlakat hududidan chiqib ketishlariga yo‘l qo‘yilmaydi», deydi u.
Malayziya virus yuqtirganlar soni bo‘yicha mintaqadagi yetakchi davlat bo‘lib turibdi, 17 mart holatiga ko‘ra, mamlakatda 566 kishida virus aniqlangan.
28 fevral-1 mart kunlari Kuala-Lumpurdagi diniy yig‘inlar vaqtida 338ta holat qayd etilgan. Malayziya sog‘liqni saqlash vaziri hozircha ushbu tadbirda qatnashgan 14,500 malayziyalikdan 7000 nafari tekshiruvlardan o‘tkazilganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
12:54 / 02.04.2026
Pushti masjid, qadimiy port, egizak minoralar va keng assortimentli gastronomiya: sayohat uchun nega Malayziyani tanlash kerak?
12:24 / 17.03.2026
“Umra plyus” dasturi uchun malay va indonez tillarini biladigan gidlar tayyorlanadi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
19:34 / 11.01.2026