Jahon | 01:51 / 18.03.2020
15502
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus Yevropaning barcha davlatlarida qayd etildi

Foto: Twitter/MeGovernment

Qoratog‘ (Chernogoriya)da ham koronavirus yuqtirganlik bilan bog‘liq ikkita holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat hukumati Tvitterida ma'lum qilinmoqda.

Shunday qilib, koronavirus Yevropaning barcha davlatlarida aniqlanib bo‘lindi.

Qoratog‘ hukumati Twitter’ida koronavirus 1948 va 1973 yilda tug‘ilgan ikki ayolda aniqlangani ma'lum qilingan. Ularning har ikkisi virus tarqalgan hududlarda bo‘lib qaytishgan.

15 mart kuni bosh vazir Militun Semovich Qoratog‘ shu vaqtgacha kasallik qayd etilmagan Yevropadagi yagona mamlakat bo‘lib qolayotganini ta'kidlab o‘tgan edi. O‘sha kuni xorijlik fuqarolarga mamlakatga kirish vaqtinchalik taqiqlangan edi.

Mavzuga oid