O‘zbekiston | 09:17 / 19.03.2020
2810
3 daqiqa o‘qiladi

Energetika vazirligining yagona ma'lumotlar bazasi ishlab chiqiladi 

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyani va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini hisobga olish va sertifikatlashni ta'minlash chora-tadbirlari qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyani va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini hisobga olish va sertifikatlashni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlanadi:

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyani va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini hisobini yuritish to‘g‘risidagi nizom;

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyani va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini sertifikatlash to‘g‘risidagi nizom.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori “UZINFOCOM” MChJ bilan birgalikda 2021 yil 1 martgacha belgilangan tartibda quyidagilarni ta'minlovchi avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqib joriy etadi:

mustaqil, jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilarga yagona identifikatsiya raqamini onlayn rejimida taqdim etish tizimini;

ushbu qaror bilan belgilangan tartib va talablariga muvofiq qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilgan energiya bo‘yicha hisobotlarni davriy ravishda elektron shaklda onlayn rejimida taqdim etish mexanizmi;

ishlab chiqarilgan energiyani, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, hisobga olish va sertifikatlashtirish bo‘yicha ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda yig‘ish, tizimlashtirish va tahlil qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Yagona ma'lumotlar bazasi (Energetika vazirligining yagona ma'lumotlar bazasi) ishlab chiqilishini.

Energetika vazirligining yagona ma'lumotlar bazasi ishlab chiqib, joriy etishda quyidagilar belgilanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi – buyurtmachi;

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi mablag‘larini, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarni grant va kreditlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar moliyalashtirish manbalari;

uning “O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUK va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi zarurligi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid