O‘zbekiston | 17:53 / 20.03.2020
19498
2 daqiqa o‘qiladi

Spirt iste'mol qilish koronavirusdan saqlanishga yordam bermaydi – Shodmonov

Spirt iste'mol qilish koronavirusning oldini olishda yordam bermaydi, deya mish-mishlarga aniqlik kiritdi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov.

Foto: RIA Novosti

«Agar spirt yordam bera olganida, Yer yuzida OITS, virusli gepatit B, gepatit C, koronavirus ham bo‘lmas edi.

Xitoy, Koreya, Fransiyada uni ichishmadi, deb o‘ylaysizmi? Ularda ham ichib ko‘rganlar bo‘ladi. Lekin bu saqlamadi. Bu noto‘g‘ri», – dedi Shodmonov «Qadamma-qadam» loyihasidagi chiqishida.

Vazir alkogolning ko‘plab kasalliklar sababchisi ekanini ham eslatdi.

«Hammamiz bilamizki, alkogol iste'mol qiluvchilarda juda ko‘p surunkali kasalliklar rivojlanadi. Bular – oshqozon, jigar, buyrak kasalliklari. Alkogol iste'mol qilganlarda ishtaha ochilib ketadi-da, ovqatni me'yoridan ortiq yeb qo‘yib, semizlik kelib chiqadi, qorin paydo bo‘ladi», – deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada koronavirusdan «himoyalanish» maqsadida qo‘lbola spirt ichgan 15 nafar turkmanistonlik vafot etdi, shunga o‘xshash holat Eronda 27 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.

Mavzuga oid