Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga tushgan pullar nimalarga ishlatiladi?
Bugun tashkil etilgan brifing chog‘ida «Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga bir kunda 5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yig‘ilgani haqida ma'lumot berilgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Doniyor Alimov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bu mablag‘lar qayerga ishlatilishi va sarf-xarajat mexanizmi qay darajada shaffof bo‘lishi haqida so‘zlab berdi.
– Pul o‘tkazganlar orasida 10 ming so‘m yo‘llagan fuqarolarimizdan tortib bir necha million so‘mgacha o‘tkazgan davlat va nodavlat tashkilotlari, tadbirkorlar bor. Yig‘ilgan bu mablag‘lar birinchi navbatda dori-darmon, tibbiy anjomlar, dezinfeksiya, shaxsiy gigiyena vositalari, kasallik profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot materiallariga ishlatiladi. Qurilishlar qilinyapti, qolaversa, o‘sha bemorlar, karantindagilar bilan bevosita ishlaydigan shifokorlarni rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.
Bu mablag‘lar ishlatilishi bo‘yicha muntazam hisobotlar berib boriladi, sarf-xarajatlar ustidan parlament va jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi – dedi Doniyor Alimov.
Manbamizning xabar berishicha, o‘z nomini oshkor qilishni istamagan birgina tashkilot fond hisob raqamiga 1 mlrd. so‘m mablag‘ o‘tkazib bergan.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025