Jahon | 22:15 / 25.03.2020
32519
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning eng boy odami bir kun ichida rekord darajada boyidi

Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) kompaniyalari guruhi prezidenti, Yevropaning eng boy odami Bernar Arno o‘z boyligini bir kun ichida 11,3 mlrd dollarga ko‘paytira oldi. 

Foto: AP Photo/Michel Euler, Pool

Bloomberg axborot agentligining yozishicha, bunga fond bozoridagi ijobiy dinamika sabab bo‘lgan. Bozordagi vaziyat sababli bunday o‘sish tarixiy rekord hisoblansa-da, Arnoning umumiy boyligi joriy iqtisodiy inqirozgacha bo‘lgandagidan ancha kamroqni tashkil qilmoqda.

Eng boy yevropalik koronavirus epidemiyasi va neft qadrsizlanishi bilan bog‘liq vaziyat oqibatida bozorlar qulashidan eng ko‘p aziyat chekdi. 2019 yil yozida uning boyligi 100 mlrd dollardan ko‘proqqa baholangandi. Biroq joriy fevralda Arno superboylar (boyligi 100 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qiluvchi boylar) qatoridan chiqib ketdi. 25 mart holatiga ko‘ra, uning boyligi 70 mlrd dollarga baholangan.  

Shuningdek, amerikalik sarmoyachi Uorren Baffetning kapitali fond bozoridagi o‘sish natijasida yana 6,5 mlrd dollarga, Inditex asoschisi, ispaniyalik biznesmen Amansio Orteganing boyligi esa 5,9 mlrd dollarga ko‘paygan. 

Oxirgi bir oy ichida dunyoning eng boy 20 odamining umumiy boyligi  koronavirus epidemiyasining bozorlarga ta'siri natijasida 300 mlrd dollarga kamaygandi. 

 

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid