O‘zbekiston | 09:15 / 28.03.2020
14190
5 daqiqa o‘qiladi

Ichimlik suvi ta'minoti bo‘yicha yangi qonun loyihasi e'lon qilindi 

Qonunning maqsadi ichimlik suvi ta'minoti, oqova suv xizmatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va iste'molchilarga ichimlik suvi hamda oqova suv xizmatlari xizmatlarini ta'minlash bo‘yicha davlat kafolatlarini o‘rnatishdan iborat 

“Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlarining asosiy prinsiplari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

aholini ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari bilan ta'minlashning ustuvorligi;

ichimlik suvi bilan ta'minlash va oqova suv xizmatlari sohasiga sarmoyalarni (investitsiyalarni) jalb etish uchun sharoitlar yaratish, sarmoyalar (investitsiyalar) qaytarilishi kafolatlarini ta'minlash;

markazlashtirilgan ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlari tizimining texnologik va tashkiliy yagonaligi va butunligini ta'minlash;

ichimlik suvi ta'minoti va (yoki) oqova suv xizmatlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, va ularning abonentlarining iqtisodiy manfaatlari muvozanatiga (balansiga) erishish va rioya qilish;

ichimlik suvi ta'minoti va (yoki) oqova suv xizmatlarini oshirish amalga oshiruvchi tashkilotlarning ichimlik suvi ta'minoti va (yoki) oqova suv xizmatlarini oshirish amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy asoslangan sarf-xarajatlaridan kelib chiqqan holda ichimlik suvi ta'minoti va (yoki) oqova suv xizmatlari sohasidagi tariflarni belgilash (o‘rnatish);

ichimlik suvi ta'minoti va (yoki) oqova suv xizmatlari sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror va huquqlarni cheklamaydigan sharoitlarni ta'minlash;

abonentlarning ichimlik suv ta'minoti va oqova suv xizmatlariga teng sharoitlarni ta'minlash;

ichimlik suvi ta'minoti masalalarining davlat nazorati va davlat tomonidan tartibga solinishi;

ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlarini amalga oshiruvchi korxonalarning, uy-joy kommunal xo‘jaligining davlat boshqaruvi organlari, suvdan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari, shuningdek fuqarolar muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlariga ularning vakolatlari doirasida hisobdorligi;

ichimlik suvi ta'minoti tizimlarining texnologik xususiyatlari va O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan yagona standartlar va normalar asosida ichimlik suvi ta'minoti manbalarini tanlashni hisobga olgan holda ularning xavfsizligi, ishonchliligi va boshqarilishini ta'minlash;

yer osti suvlaridan ustuvor foydalanish;

ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlarining hisobi va to‘lovliligi;

ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvi xizmatlari, jihozlar va ular uchun materiallar, shuningdek ichimlik suvi va kanalizatsiyani tozalash va zararsizlantirish uchun kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish tizimlari rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi;

ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvi xizmatlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvi xizmatlari sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyatining ochiqligi (oshkorligi).

Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlari sohasidagi davlat siyosati quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan:

uzluksiz va sifatli ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlarini ta'minlash yo‘li bilan aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va turmush sifatini oshirish;

suvni tejab iste'mol qilish yo‘li bilan energetik samaradorlikni oshirish;

oqindi suvlarni tozalash sifatini oshirish yo‘li bilan suv obektlariga negativ ta'sirni pasaytirish;

ichimlik suvi ta'minoti va (yoki) oqova suv xizmatlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish hisobiga abonentlarga ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlari mavjudligini ta'minlash;

markazlashtirilgan ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlari tizimlarini boshqarishning samarali shakllarini rivojlantirish, sarmoyalarni (investitsiyalarni) jalb qilish va ichimlik suvi ta'minoti va (yoki) oqova suv xizmatlarini  amalga oshiruvchi tashkilotlarning kadrlar salohiyatini rivojlantirish yo‘li bilan ushbu tizimlarning rivojlanishini ta'minlash.

Qonunning vazifalari quyidagilardan iborat:

ichimlik suvi ta'minotining ishonchliligi va xavfsizligining davlat kafolatlari, shuningdek ichimlik suvi ta'minoti sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlikni belgilash;

davlat organlari, boshqa yuridik, shuningdek jismoniy shaxslarning ichimlik suvi ta'minoti sohasidagi huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini belgilash.

Mavzuga oid