Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyatida o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘yayotganlar jarimaga tortilmoqda
Tadbirkorlar pandemiya sabab faoliyat ko‘rsatmaslik yuzasidan ogohlantirilgan
Foto: IIB axborot xizmati
Koronavirus infeksiyasi ehtiyotsizlik qilgan har bir insonning eshigini taqillatishi mumkinligi ayrim nafs qullarini hushyor torttirmayapti. Olib borilayotgan tushuntirishlar va ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan ba'zi tadbirkorlar aholi to‘planishiga sababchi bo‘lib, xavfli yuqumli kasallik tarqalishi tahdidini kuchaytirmoqdalar, deb yozadi Jizzax viloyat IIB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, ichki ishlar organlari xodimlari Arnasoy tumani, Do‘stlik QFY, Amir Temur ko‘chasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan, yakka tartibdagi tadbirkor F.N. qonunga zid tarzda ovqatlanish shoxobchasi faoliyatini yuritayotganini aniqladi.
Shuningdek, Baxmal tumani, Baxmal qishlog‘ida istiqomat qiluvchi, 1965 yilda tug‘ilgan H.A. yashash uyidagi ovqatlanish shoxobchasida mijozlarga xizmat ko‘rsatayotganligi ma'lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, Zarbdor tumani, Oybek MFY hududida yashovchi, xususiy tadbirkor, 1982 yilda tug‘ilgan Sh.U. ovqatlanish shoxobchasi faoliyatini to‘xtamaganligi aniqlandi.
Ayni shu mahallada yashovchi, xususiy tadbirkor 1963 yilda tug‘ilgan, Alisher Navoiy mahallasidagi bozorda nooziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanayotgani ayon bo‘ldi.
“Bu fuqarolarning barchasi jarimaga tortiladi. Ma'lumot o‘rnida aytish kerakki, tadbirkorlar pandemiya sabab faoliyat ko‘rsatmaslik yuzasidan ogohlantirilgan”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
14:57 / 07.01.2026
“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylabman” – Jizzaxda ovchi o‘z sherigini otib qo‘ydi
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
13:55 / 11.12.2025