Sport | 08:20 / 29.03.2020
10590
1 daqiqa o‘qiladi

Tokio Olimpiadasi ko‘chiriladigan ehtimoliy sana ma'lum qilindi

Koronavirus pandemiyasi sababli qoldirilgan 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi 2021 yil 23 iyulda boshlanishi mumkin. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bu masala bo‘yicha yakuniy qarorga avval ma'lum qilingandek 3 hafta ichida emas, balki ancha ertaroq kelishi mumkin.

Foto: Rodrigo Reyes Marin / AFLO / Global Look Press

Bu haqda vaziyatdan xabardor manbaga tayanib New York Times nashri xabar berdi.

27 mart kuni Kyodo axborot agentligi Olimpiadaning yangi o‘tkazilish sanasi 3 hafta ichida qabul qilinishini ma'lum qilgandi. Biroq, manbaning xabar berishicha, XOQ Olimpiada o‘tkaziladigan sanani ertaroq e'lon qilmoqchi. Qo‘mitaning bu masala bo‘yicha tezkor yig‘ilishi 29 martda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 

Tokio Olimpiadasi 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustigacha bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq 24 mart kuni XOQ O‘yinlar koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yilga ko‘chirilishini e'lon qildi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid