Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya xalqaro aviaaloqani to‘liq to‘xtatdi
Turkiya koronavirus pandemiyasi sababli xalqaro aviaaloqani to‘liq to‘xtatishga qaror qildi.
Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi, deb xabar berdi Anadolu axborot agentligi.
“Barcha xalqaro reyslar noma'lum muddatga to‘xtatildi. Agar ushbu ehtiyotkorlik choralarini ko‘rsak, Xudo xohlasa, biz bu kasallikni yenga olamiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Uning ta'kidlashicha, endi shaharlararo safarlar mahalliy hukumat ruxsati bilangina amalga oshirilishi lozim.
Avvalroq Turkiya yetakchisi g‘arb davlatlari koronavirus epidemiyasiga tayyor bo‘lmaganlarini aytgandi. Uning ta'kidlashicha, kasallikning avj olishi g‘arb davlatlari ijtimoiy muhofaza tizimining mukammal emasligini oshkor qilib qo‘ygan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 7402 nafarni, vafot etganlar soni 108 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026