Jahon | 20:24 / 31.03.2020
10266
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Rossiyadan benzin va dizel yonilg‘isi kiritilishini taqiqladi

Qozog‘iston Rossiyadan benzin va dizel yonilg‘isi kiritilishini taqiqladi. Bu koronavirus pandemiyasi sababli amal qilayotgan favqulodda vaziyat sharoitida yonilg‘i iste'moli hajmi kamaygani bilan bog‘langan.

Foto: Inbusiness

Rossiyadan benzin, dizel va aviatsiya yonilg‘isining Qozog‘iston ichki bozoriga kiritilishi vaqtincha taqiqlangan

Taqiqlov 31 martdan kiritilgan. Qozog‘iston, shuningdek, benzin va neft mahsulotlari eksportini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.

Avvalroq Qozog‘iston favqulodda vaziyat sharoitida iste'mol hajmi kamaygani sababli Rossiyadan temir yo‘l transporti bilan yonilg‘i importini 3 oylik muddatga taqiqlamoqchiligi ma'lum qilingan. Bu haqidagi buyruq 24 mart kuni Qozog‘istonning normativ-huquqiy hujjatlar portalida ommaviy muhokamaga qo‘yilgan. 

Qozog‘istonda 16 martdan koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida favqulodda vaziyat rejimi amal qilmoqda. 19 martdan esa Qozog‘istonning eng yirik ikkita shahri – Nur-Sulton va Olmaota karantinga yopilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid