Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda bir hafta ichida ishsizlar soni rekord darajada ko‘paydi
AQShda 28 mart kuni yakunlangan avvalgi hafta ichida bandlik idoralariga ishsizlik nafaqasi olish maqsadida 6,65 mln amerikalik murojaat qildi. AQSh ko‘lamlari bo‘yicha bu juda katta ko‘rsatkich bo‘lib, oddiy vaqtda bu ko‘rsatkich haftasiga 300 ming murojaatdan oshmagan.
Bu rekord ko‘rsatkich bo‘lib, avvalgi antirekord bundan bir hafta avval o‘rnatilgandi. O‘shanda 3,3 mln kishi ishsizlik nafaqasi olishga ariza bergan. Ta'kidlash joiz, bu natija o‘z navbatida 1982 yildagi rekord natijani yangilagandi. O‘shanda nafaqa olishga 695 mingta ariza berilgan.
AQSh mehnat vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi sababli yuz bergan inqiroz sababli 2 hafta ichida 10 mln amerikalik ishidan ayrilgan.
2009 yilda jahon inqirozidan keyin AQShda ishsizlik nafaqasi olishga murojaatlar soni hozirgidan ancha kam bo‘lgan (eng ko‘pi bilan 2009 yil martida haftasiga 665 ming murojaat).
Koronavirus pandemiyasi ortida kiritilgan ijtimoiy masofalashuv siyosati sababli AQShda kichik va o‘rta korxonalar yopilishi yoki faoliyatini to‘xtatishi ishsizlikning mislsiz darajada o‘sishiga olib keldi.
“Men hayotimda bunday raqamlarni ko‘raman, deb hech o‘ylamagandim”, deb aytgan Bloomberg axborot agentligiga Pictet Wealth Management iqtisodchisi Tomas Kosterg. Ta'kidlanishicha, AQShda ishsizlik darajasi 20 foizgacha yoki 2008-2009 yillardagi avvalgi inqiroz vaqtidagidan 2 marta ko‘proqni tashkil qilishi mumkin.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026