Koronavirus pandemiyasi raqobatchi davlatlarni birlashtirmoqda - Nazarboyev
Koronavirus pandemiyasi davlatlararo munosabatlar shaklini o‘zgartirishga olib kelmoqda va bir-biri bilan raqobat qiluvchi davlatlarni yaqinlashtirmoqda. Bunday fikrni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zining “Biz birdam bo‘lganda – yengilmasmiz” deb nomlangan maqolasida bildirib o‘tdi.
“Bugun insoniyat yo‘lning ayrilish joyida turibdi. Hozirgi vaziyatning o‘ziga xosligi shundaki, avval geosiyosat, iqtisodiyot, ekologiya, jamiyat hayotining bunday ko‘p jihatlarini qamrab olmagan hozirgi turnaqator muammolar davlatlararo munosabatlar shaklini o‘zgartirishni boshladi. Bu borada buyuk hind insonparvari Mahatma Gandining so‘zlarini eslash o‘rinli bo‘ladi: “Agar dunyoni o‘zgartirishni istasang, avval o‘zingdan boshla”. Kechagina bir-biriga o‘zaro to‘siqlar qo‘yayotgan, sanksiyalar “urushi”ga kirishgan davlatlar, hozirda bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Bu global ko‘lamda yuz berayotgan jiddiy o‘zgarishlar boshlanganining isbotidir”, deb yozgan Nazarboyev o‘z maqolasida.
Qozog‘istonning birinchi prezidenti o‘z maqolasida jahon tarixidan o‘nlab yillar va hattoki asrlar davom etgan ko‘plab urushlar, tarang vaziyatlar va ixtiloflar joy olganini eslab o‘tgan.
“Millionlab odamlar hayotini olib ketgan epidemiyalar ham yuz bergan. Ammo insoniyat bularning barchasida g‘alaba qozongan. Hozirgi musibatlarni ham yengib o‘tamiz. Dunyo davlatlari bu og‘ir vaziyatdan saboq chiqarishlari lozim”, deb hisoblamoqda Nazarboyev.
Mavzuga oid
18:42 / 30.08.2024
Nazarboyevning sobiq kelini odam o‘g‘irlashda ayblanib, 12 yilga qamaldi
22:01 / 16.08.2024
Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Sotiboldiuli qamoqdan ozod qilinadi
19:01 / 12.08.2024
Nazarboyevning jiyani davlatga 1,6 mlrd dollar qiymatli mulklarni qaytardi
21:42 / 12.01.2024