Navoiy viloyatida karantin qoidalarini qasddan buzgan qimorbozlar qo‘lga olindi
Navoiy viloyatining Karmana tumanida joriy etilgan karantin qoidalariga zid ravishda o‘z uyida qimorxona tashkil qilgan 50 yoshli fuqaro va uning sheriklari qo‘lga olingan. Bu haqda Navoiy viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2020 yilning 8 aprel kuni kechki soat 21:40da Navoiy viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma'lumotlarga asosan Karmana tumani IIB JQB hamda viloyat IIB PPX va TVBSO xodimlari bilan hamkorlikda Karmana tumani hududida o‘rganilgan tezkor-profilaktik tadbir o‘tkazilgan. 1960 yil Karmana tumanida tug‘ilgan, 4 nafar farzandning otasi, «Kalovot» MFYda istiqomat qiluvchi F.M. o‘zining yashash xonadonida qimorxona tashkil etib, tavakkalchilik asosida qurilgan o‘yinga tanishlarini ham jalb qilgan.
U bilan birgalikda 1980 yilda tug‘ilgan, 3 farzandning otasi, «Ziyokor» MFYda yashovchi P.B., 1981 yilda tug‘ilgan, 3 farzandning otasi «Ziyokor» MFYda istiqomat qiluvchi A.J., 1985 yilda tug‘ilgan 3 farzandning otasi, «Kalovot» MFYda yashovchi O.E. hamda 1984 yilda tug‘ilgan 3 farzandning otasi «Kalovat» MFYda istiqomat qiluvchi V.Sh. ham shu xonadonda bo‘lgan.
Ular karantin qoidalarini keskin tartibda buzib, mo‘may pul evaziga qimor o‘yinini o‘ynash jarayonida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan. Qimor o‘yini davrasida tikilgan umumiy qiymatdagi 3 million 712 ming 500 so‘m pul mablag‘lari hamda 7 dona o‘yin kartalari daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilgan. Shuningdek, V.Sh. boshqaruvida bo‘lgan «Damas» rusumli avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan, yashash xonadonida qimorxona tashkil etganligi sababli F.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi bilan, qimor o‘yini ishtirokchilari hisoblangan P.B., A.J., O.E.hamda V.Sh. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191- va 54-moddalariga asosan tegishli tartibda ish ochilgan.
Mavzuga oid
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024
Navoiy davlat universiteti tashkil etildi
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
16:28 / 31.10.2024