Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada fuqarolarni karantindan chiqarishga urinish barbod bo‘ldi
Buyuk Britaniya hukumatining koronavirusga qarshi immunitetga ega bo‘lgan fuqarolarni aniqlash maqsadida ommaviy testdan o‘tkazib, ularni ish faoliyatiga qaytarishga bo‘lgan urinishi befoyda bo‘ldi.
Uy testlari tizimi tahlillarning deyarli yarmida virusga qarshi antitana borligini aniqlay olmadi. Endi testlar hali ommaviy ravishda boshlanib ulgurmasidan to‘xtatilishi mumkin.
Mart oyida Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkok fuqarolarda SARS-Cov-2 virusiga qarshi immunitet borligini aniqlash, ularni ishga qaytarib, iqtisodiyotni jonlantirishga harakat boshlanishini e'lon qilgan edi, deb xabar beradi The Guardian.
Shu maqsadda jami 3,5 mln test sotib olindi. Ammo keyinchalik ularning
Dori va tibbiy jihozlarni nazorat qilish agentligi (MHRA) standartlariga mos emasligi aniqlandi. Testlarning ko‘pchiligi 50 foiz holatda antitanani topolmadi. Eng aniq testlar esa faqt 70 foiz holatda foyda berdi.
«Boshqacha aytganda, bunday testlar millionlab odamlarni viruslar oldida ojizdek ko‘rsatishi mumkin, aslida esa ularda immunitet hosil bo‘lgan», - deyishmoqda Oksford universiteti olimlari.
Bunday holatga yo‘liqmaslik uchun testlarning aniqlik darajasi kamida 95 foiz bo‘lishi kerak.
Testlar natijasida SARS-Cov-2 virusiga immuniteti yo‘q bo‘lgan odamlarni aniqlash ko‘rsatkichlari ham past bo‘lgan. Bu esa ko‘plab odamlar, ayniqsa tibbiy xodimlar uchun xatarlidir. Chunki ular o‘z vujudi immunitet hosil qilgani haqida xato tasavvurga ega bo‘ladilar.
Uy testlari tizimiga muqobil usul sifatida olimlar qon tahlilidan foydalanishni tavsiya qilishmoqda. Uning aniqligi 100 foizga yaqin, ammo uzoq vaqt va mablag‘ talab qiladi.
Fuqarolarning bir qismini ishga tezkor qaytarish maqsadida testlarni o‘tkazish Buyuk Britaniya iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur, ammo olimlar mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan va uy testlar tizimining ishonchli emasligidan kelib chiqib, bunday chorani juda ham xatarli deb hisoblamoqdalar.
Mavzuga oid
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026
London Ukrainaga 1000 ta Britaniya raketasini taqdim etadi
13:13 / 10.01.2026