Jahon | 23:07 / 14.04.2020
48614
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi mehnat muhojirlari yotoqxonasida koronavirus tarqaldi

Rossiyaning Leningrad viloyati, Vsevoljsk tumani, Novosergiyevka qishlog‘idagi yotoqxonada yashayotgan 35 kishida koronavirus borligini aniqlandi.

Yotoqxonada shahar qurilish obektlarida ishlayotgan mehnat muhojirlari yashagan, ularning millati haqida xabar berilmayapti.

Hozirgi vaqtda yotoqxonani Rosgvardiya xodimlari va politsiya tunu-kun uzluksiz ravishda qo‘riqlamoqda. Ular hech kimni tashqariga chiqarmayapti. Kasallanganlar shifoxonaga yotqizilmayapti va yotoqxonada qolmoqda.

Noqonuniy deb aytilayotgan yotoqxona dam olish kunlari Rospotrebnadzor, Tergov qo‘mitasi va politsiya hamkorligida o‘tkazilgan reydda aniqlangan. Reyd davomida sanitar shifokorlar muhojirlar orasida koronavirus alomatlari: yuqori harorat va yo‘tal borligini aniqlashgan. Hozirgi vaqtda yotoqxona 154 nafar muhojir, shu jumladan koronavirus yuqtirib olganlar bilan birga karantinga yopilgan.

Mahalliy ma'muriyat ma'lumotiga ko‘ra, bu yotoqxonada jami 472 kishi yashagan. Ammo ularning qanchasi koronavirus yuqtirib olgani ma'lum emas. Hozirgi vaqtda hamma muhojirlar tekshirilmoqda.

Mahalliy ma'muriyat yordamida yotoqxonaga yaqin hududlarga sanitariya ishlovi berilgan. Maxsus himoya kiyimlaridagi odamlar yaqin oziq-ovqat do‘konigacha bo‘lgan joylarni dezinfeksiya qilishgan. Ammo, sotuvchi ayolning so‘zlariga ko‘ra, do‘konning ichki qismi dezinfeksiya qilinmagan.

Leningrad viloyati gubernatori muhojirlar yotoqxonasidagi koronavirus epidemiyasi xurujini «infeksiya bombasi» deb nomladi. 

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Leningrad viloyatida koronavirus bilan xastalangan 190 bemor bor.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid