Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 1300dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 27 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 15 aprel soat 22:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1302 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 martda aniqlangan edi. Aprel oyida kasallanganlar soni keskin o‘sa boshladi. 11-12 aprel kunlari 98tadan, 13 aprel kuni 133ta yangi holat tasdiqlandi. 14 aprel kuni esa bemorlar sonining kunlik o‘sishi bo‘yicha rekord natija qayd etildi - 167ta yangi holat.
15 aprel kuni bemorlar soni 137 nafarga oshdi.
Shu vaqtgacha 107 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025