Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada karantindan norozi odamlar virtual miting o‘tkazishdi
Moskvadagi Qizil maydonda rasman ruxsat olinmagan virtual miting o‘tkazildi.
Moskvaliklar uyda o‘tirgan holda «Yandeks.Navigator» va 2GIS ilovalari orqali virtual tarzda to‘planib, hukumatdan o‘zgarishlarni talab qilishdi.

Odamlar karantinda o‘tirishdan charchaganidan nolib, moddiy yordam berishni va favqulodda holat joriy qilishni so‘ramoqdalar (aksariyat hollarda hazilomuz tarzda).
Qizil maydondagi miting 20 aprel kuni «Yandeks.Navigator» va 2GIS ilovalarida boshlandi. Ular virtual kartada xabarlar qoldirish imkonini beradi. Xabarlarning aksariyati — favqulodda holat rejimini joriy qilish va ovqat uchun pul to‘lanishini talab qilishdan iborat. Chunki, Moskvada o‘zini yakkalash rejimi joriy qilinganidan so‘ng, shaharliklar ishsiz va daromadsiz qolishgan edi.
Haqiqiy miting imitatsiyasi shu darajaga bordiki, fuqarolardan uni to‘xtatishni talab qilgan xabarlar ham paydo bo‘ldi.
Avvalroq, shunga o‘xshash fleshmobni Rostov-na-Donu shahri aholisi «Yandeks.Karta» ilovasida o‘tkazishgan edi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
19:09 / 11.05.2026