O‘zbekiston | 11:44 / 21.04.2020
36259
1 daqiqa o‘qiladi

Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Murodjon Ochilov Gurlan tumani hokimi etib tayinlandi 

Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

Bugun Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining navbatdan tashqari beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 2018 yildan "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Murodjon Azamatovich Achilov Gurlan tumani hokimi etib tayinlandi.

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi Sherzod Qudbiyev, viloyat hokimi Farhod Ermanov qatnashdi. 

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Alisher Salayev yangi tashkil etilgan Tuproqqal’a tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan edi.

Mavzuga oid