Bugun Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengaşining navbatdan taşqari beşinçi sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Sessiyada taşkiliy masala körildi. 2018 yildan "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki boşqaruv raisi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Murodjon Azamatoviç Açilov Gurlan tumani hokimi etib tayinlandi.

Sessiya işida Özbekiston Respublikasi prezidenti maslahatçisi Şerzod Qudbiyev, viloyat hokimi Farhod Ermanov qatnaşdi. 

Eslatib ötamiz, şu paytgaça tuman hokimi vazifasida işlab kelayotgan Alişer Salayev yangi taşkil etilgan Tuproqqal’a tumani hokimi vazifasini bajaruvçisi etib tayinlangan edi.