O‘zbekiston | 13:07 / 21.04.2020
51717
1 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda o‘quv yili onlayn tarzda yakunlanadi

Respublika maxsus komissiyasining Qaroriga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yili xalq ta'limi tizimida onlayn tarzda yakunlanadi.

2019-2020 o‘quv yili onlayn tarzda yakunlanadi. Bu Respublika maxsus komissiyasining qarorida belgilab qo‘yildi.

Unga ko‘ra, xalq ta'limi tizimidagi tashkilot va muassasalarida 2019/2020 o‘quv yili online-maktab loyihasi doirasida tashkil etilgan masofaviy televizion videodarslar orqali yakunlanadi.

Bundan tashqari, o‘qituvchilar va masofaviy ta'lim jarayonini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan xalq ta'limi tizimidagi (ta'lim muassasalari, tashkilotlari, hududiy bo‘linmalar) xodimlar o‘z ish faoliyatlarini masofaviy tarzda (ish haqi to‘langan holda) davom ettiradilar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid