Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Xitoylik mutaxassislar Andijonga keldi
Koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashga amaliy yordam berish maqsadida Xitoydan kelgan bir guruh mutaxassislar 21 aprel kuni Andijonda bo‘ldi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, xitoylik mutaxassislar karantin davrida Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, viloyatdagi hamkasblari bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdi.
Xorijlik mutaxassislar koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar, bo‘limlarda harakatlanish, shifokor va hamshiralarning muloqotlari, bemorlarning davolanish rejalari, ovqatlanish tartibi, niqoblar, himoya ko‘zoynaklari, birlamchi himoya vositalari bo‘yicha tavsiyalar bergan.



Xitoydan taklif etilgan mutaxassislar bundan oldin Farg‘ona viloyatida ham bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, chinlik konsultantlar va tibbiyot xodimlaridan iborat 15 kishilik guruh O‘zbekistonga 17 aprel kuni kelgandi. Guruh tarkibidan virusolog, epidemiolog, pulmonolog, terapevt, jarroh va yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar o‘rin olgan.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
18:33 / 13.07.2026
Bigme ikkita ekranli HiBreak Dual 2 smartfonini taqdim etdi
08:50 / 13.07.2026