Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya bosh vaziri JSST xodimlariga kengroq vakolatlar berishga chaqirdi
Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini isloh qilishga va uning xodimlariga kengroq vakolatlar berishga chaqirdi.
Foto: REUTERS
Morrison Sky News telekanaliga bergan intervyusida uning fikricha, JSSTning kelgusida kasalliklar avj olishiga qarshi kurashdagi salohiyatini kuchaytirish uchun uning mutaxassislari “BMTning qurollanish bo‘yicha inspektorlari” kabi vakolatlar olishlari kerak.
“Agar bizda minglab va hattoki yuz minglab hayotlarni saqlab qolish imkoni bo‘lsa, biz uni amalga oshirishimiz lozim”, deb aytgan Avstraliya bosh vaziri.
Uning ta'kidlashicha, qurollanish bo‘yicha inspektorlardek vakolatlarga ega bo‘lish JSST xodimlariga davlatlar hududlariga kasalliklar manbasini aniqlash uchun hech qanday taklifsiz kirish va kasalliklarni kuzatish hamda ularga qarshi kurashish uchun muhim ahamiyatga ega ma'lumotni qo‘lga kiritish imkonini beradi.
Morrison hozir dunyoga koronavirus avj olishi vaqtida nima yuz berganini tushunishga imkon beruvchi shaffof va mustaqil jarayon zarurligini ta'kidlab o‘tgan. “Bu virus boshidan yuqori pandemik salohiyatga ega bo‘lgan va shu sababli biz iloji boricha tezroq uning tarqalishi bilan bog‘liq barcha jihatlarni tushunishimiz lozim”, deb qo‘shimcha qilgan Avstraliya bosh vaziri.
Ayni vaqtda “yashil qit'a”da koronavirusga chalinganlar soni 6659 nafarni tashkil qilmoqda. Virusdan 75 kishi vafot etgan. Oxirgi kun ichida qit'ada 12 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan va bu 9 martdan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:29 / 17.12.2025
Ahmad al Ahmad - Avstraliyaning suriyalik qahramoni
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
13:22 / 15.12.2025
Avstraliya bosh vaziri qurol bo‘yicha qonunlarni qat’iylashtirmoqchi
11:29 / 15.12.2025