Pandemiya sababli 195 mln kishi ishsiz qolishi mumkin - BMT
Koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilning 2-choragidayoq 195 mln kishi o‘z ishini yo‘qotishi mumkin. Bu haqda BMTning pandemiyadan keyin davlatlar iqtisodiyotini tiklash bo‘yicha choralar “yo‘l xaritasi”da aytilgan.
“Koronavirus inqirozi jahon iqtisodiyotini ishsizlik va nochorlikning tarixiy darajasi bilan retsessiyaga cho‘mdirmoqda”, deb ta'kidlab o‘tishgan BMT mutaxassislari.
Inqirozdan kichik va o‘rta korxonalar, qishloq xo‘jaligi ishchilari, o‘zini ish bilan ta'minlaganlar, qochqinlar va mehnat migrantlari eng ko‘p jabr ko‘rishi mumkin.
BMTda ta'kidlanishicha, inqirozning erkaklar va ayollarga ta'siri ham turlicha bo‘ladi. “Avvalroq ham mavjud bo‘lgan gender tengsizligi hisobiga ayollar iqtisodiyot tiklanishi vaqtida yangi ish qidirishda yoki tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanishga urinishda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin”, deyilgan hujjatda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 3 mlndan oshdi. Dunyoning deyarli barcha davlatlarida karantin choralari kiritilgan. Biroq cheklovlar ortida kichik biznes, xususiy tadbirkorlar kasodga uchramoqda. Ko‘plab ishchilar majburiy ta'tilga jo‘natilmoqda yoki bo‘shatilmoqda.
Mavzuga oid
15:00 / 28.09.2024
BMT bosh qarorgohida O‘zbekiston raisligida yuqori darajadagi muhokamalar bo‘lib o‘tdi
21:08 / 27.09.2024
«Biz ketmaymiz» - Mahmud Abbos BMT minbaridan Isroilning harakatlarini qoraladi
22:50 / 26.09.2024
Bir qancha G‘arb davlatlari «Tolibon»ni ayollarni kamsitgani uchun sudga bermoqchi
20:47 / 26.09.2024