Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YHXBB Andijon tumanida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati Andijon tumanida sodir bo‘lgan, ijtimoiy tarmoqlarda videolavhasi tarqalgan YTH yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Joriy yilning 20 aprel kuni soat 18:00lar atrofida, Andijon viloyati, Andijon tumani, Zavrok MFY hududidan o‘tuvchi 4R130 Andijon aylanma yo‘lining 34-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Haydovchi, 1997 y.t. Sh.M. “Neksiya-3” rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, transport vositasi ag‘darilgan.
Natijada, haydovchi Sh.M. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Ushbu YTH yuzasidan Andijon tumani IIB YHXG tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqqan vaqtingizda ham “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
08:51 / 20.06.2026
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026