Jamiyat | 11:00
764
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijon viloyatining Andijon tumanida joylashgan yog‘och omborida yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida omborning bir qismi va unda saqlangan yog‘och materiallari yongan, jabrlanganlar yo‘q.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 21 iyun kuni soat 20:10 da «112» tizimi orqali Andijon viloyati FVBga Andijon tumanidagi «Mart» mahalla fuqarolar yig‘ini, Obod yo‘li ko‘chasida joylashgan yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng hodisa joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Qutqaruvchilar soat 20:18 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 20:55 da qurshab olinib, soat 21:55 da to‘liq bartaraf etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida omborning taxminan 250 kvadrat metr maydondagi tom qismi, shift konstruksiyalari, ichki hududi hamda yog‘och mahsulotlari yonib zararlangan.

FVV ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyida viloyat FVB rahbariyati, soha xodimlari hamda tegishli hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid