Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda yana 4 nafar bemor tuzaldi
Bugun, 1 may kuni Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus kasalligiga chalingan 4 nafar bemorlar butkul sog‘ayishiga erishildi.
Foto : KUN.UZ
Ularning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol kishilardir. Sog‘ayganlardan 3 nafari Andijon shahar, 1 nafari Xo‘jaobod tumanida yashaydi.
Bugun sog‘aygan bemorlarning 2 nafari vrach, 1 nafari kichik tibbiy xodim.
Ular kasallikka chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, virusga chalinishgan.
E'tiborli tomoni shundan iboratki, so‘nggi kunlarda Andijon viloyatida kasallikka chalinganlardan sog‘ayganlar soni ortib bormoqda. Jumladan, 1 may kuni 2 nafar fuqaroda virus aniqlangan bo‘lsa, 4 nafar fuqaro butkul sog‘aydi.
Bugungi kunga qadar, viloyatda jami 162 nafar fuqarolar kasallikka chalingan bo‘lib, ularning 110 nafari yoki 68 % i butkul sog‘ayishiga erishildi.
Hozirda 52 nafar bemorlar davolanmoqda. Ularning 24 nafari erkak, 28 nafari ayol kishilarni tashkil qiladi.
“Fursatdan foydalanib, ushbu pandemiya tez fursatlarda Respublikamizni butunlay tark etishini, bemorlarimiz butkul sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deyiladi Andijon viloyati hokimligi maxsus shtabi xabarida.
Mavzuga oid
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026
Andijondagi yashirin dori sexlaridan 10 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar musodara qilindi
16:36 / 21.03.2026