Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh vitse-prezidenti tanqidlardan keyin niqob taqishni boshladi
AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens tibbiy niqobdan foydalanmay, yomon o‘rnak ko‘rsatayotgani uchun tanqid qilingandan so‘ng niqobdan foydalana boshladi.
Pens koronavirus pandemiyasi vaqtida tavsiya qilingan matoli niqobdan foydalanishni boshlagan. Bundan NBC telekompaniyasi e'lon qilgan video darak bermoqda.
Pens 30 aprelda General Motors va Ventec Life Systems kompaniyalarining Indiana shtatida joylashgan, o‘pkani sun'iy ventilyatsiya qilish qurilmalarini tayyorlovchi qo‘shma korxonasiga tashrif buyurgan. Vitse-prezident va barcha kishilar himoya niqoblarida bo‘lgan.
VP Pence wears mask while touring a GM facility producing ventilators in Kokomo, Indiana. pic.twitter.com/VssPxMJjtO
— NBC News (@NBCNews) April 30, 2020
O‘tgan hafta Pens Minnesota shtatidagi klinikaga tashrifi vaqtida niqobsiz bo‘lgan. Jurnalistlar bilan suhbatda u niqobi yo‘qligini koronavirusga chalinmagani bilan tushuntirgan.
Shundan keyin AQShning yetakchi OAVlari Pensni yomon o‘rnak ko‘rsatishda ayblashgan.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026