Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona tibbiyot instituti tashkil etiladi
Jamoat salomatligi va sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi xizmatlari sohasida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash takomillashtiriladi.
Prezidentning “Jamoat salomatligi va sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi xizmatlari sohasida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Farg‘ona viloyat xokimligining:
Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona jamoat salomatligi va profilaktik tibbiyot institutini tashkil etish;
Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi negizida Farg‘ona jamoat salomatligi va profilaktik tibbiyot instituti klinikasini tashkil etish;
Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli kattalar va bolalar tibbiyot markazlari, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari, OITSga qarshi viloyat markazi, oilaviy poliklinikalar tarkibidagi salomatlik markazlari Institutning amaliyot bazalari etib belgilash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
jamoat salomatligi va profilaktik tibbiyot, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik, inson sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohalari uchun yuqori malakali kadrlarini milliy va xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash;
yetakchi xorijiy tibbiyot oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan sohalar uchun qo‘shma ta'lim va akademik mobillik dasturlari asosida kadrlar tayyorlash;
zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga ilg‘or ta'lim texnologiyalari, shu jumladan, masofaviy o‘qitish uslublarini joriy etish;
o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek ilm-fan, ishlab chiqarish va amaliyot oldida turgan dolzarb vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishda respublika va xorijiy yetakchi tibbiyot oliy ta'lim, ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish;
yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb etgan holda sanitariya-epidemiologiya, profilaktik tibbiyot sohasiga ehtiyoj yuqori bo‘lgan tarmoqlar uchun tibbiy-sanitariya kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;
respublika va xorijiy tibbiyot oliy ta'lim, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ilmiy-tadqiqot muassasalariga istiqbolli yoshlarni klinik ordinatura, magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;
jamiyat salomatligini muhofaza qilish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va kasalliklar profilaktikasi sohalarida davlat organlari va boshqa tashkilotlar uchun dalillarga asoslangan tibbiyot prinsiplari asosida samarali muvofiqlashtirish qoidalarini ishlab chiqish;
jamiyat salomatligini muhofaza qilish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi, kasalliklar profilaktikasi, parazitologiya, mikrobiologiya, virusologiya, sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish masalalari bo‘yicha istiqbolli innovatsion, fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish.
Belgilanishicha:
Institut Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Institutga qabul har yili belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi;
Institut klinikasi muassisi Institut hisoblanadi hamda uning faoliyati Institut tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Institut va Institut klinikasi — yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, tegishlicha davlat oliy ta'lim muassasasi va davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valutadagi bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
Institut Farg‘ona viloyatidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarida aniq fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi o‘qituvchilarga doimiy ravishda ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatib boradi;
Institut va Institut klinikasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
Institut klinikasi bosh shifokori yashirin ovoz berish yo‘li orqali Institut ilmiy kengashining taqdimnomasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Belgilanishicha, Institutning pedagogik va ilmiy salohiyatini oshirish, ta'lim jarayonini sifatli tashkil etish uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida, shuningdek, Institut professor o‘qituvchilari va klinika xodimlariga mehnatga haq to‘lashda mos ravishda yagona tarif setkasi razryadlariga ko‘ra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 1.5 baravar miqdorda hisoblanadi.
Institut klinikasi faoliyati:
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tashxis qo‘yish (diagnostika) va davolash standartlariga rioya qilgan holda imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davolash qiymatini to‘lash, shuningdek, aholiga pullik asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga joylashtirish;
respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalar asosida tashkil etiladi.
Quyidagilar:
a) Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari;
talabalarning to‘lov-kontrakt asosida ta'lim olishidan, shartnomalar asosida xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) Institut klinikasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari;
amalga oshirilgan va ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlardan tushadigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Institut tarkibida mustaqil yuridik maqomga ega bo‘lmagan “Profilaktik tibbiyot ilmiy tekshirish laboratoriyasi” tashkil etiladi va uning vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
aholi salomatlik darajasini baholash va monitoringini olib borish, ular asosida salomatlikka xavf soluvchi va kasallik keltirib chiqaruvchi omillarni ilmiy asoslangan tasnifini ishlab chiqish;
kasalliklarning oldini olishning usul, vositalari va texnologiyalarini barpo qilish va profilaktik tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish;
zamonaviy tibbiyot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlaridan foydalangan holda aholi individual salomatlik holatini masofaviy baholashning avtomatlashtirilgan monitoringi va intellektual ekspert tahlilini amalga oshirish orqali xavfli omillarni manzilli va individual aniqlash texnologiyalarini barpo qilish hamda profilaktik tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish;
yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni keltirib chiqaruvchi endogen va ekzogen omillar monitoringini olib borish;
epidemiologik holatlarni prognoz qilishning avtomatlashtirilgan kompyuter texnologiyalarini algoritm va dasturiy ta'minotlarini barpo qilish va sanitar-epidemiologik amaliyotga tatbiq etish;
aholining turli demografik tabaqalarida sog‘lom turmush tarzining tibbiy-gigiyenik talablarini, ularga ehtiyoj va tibbiy madaniyatini ongli shakllantirishning tibbiy, psixologik va pedagogik texnologiyalarini yaratish hamda barcha ta'lim muassasalari, mahalla va tashkilotlarda targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha uslubiy yo‘riqnomalar, tavsiyalar ishlab chiqish;
individual ruhiy holatni baholashning noinvaziv, masofaviy va kamxarajat usullaridan foydalanib, aholining ruhiy holati bo‘yicha monitoring ishlab chiqish va ular asosida aholini individual ruhiy salomatligini baholash, zarur hollarda psixokorreksiyasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
xalq tabobatining tashxislash va davolash usullarini ilmiy asoslarini o‘rganish va ularni amalga oshiruvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan apparatlar va texnologiyalarni yaratish.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026