Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda «Matiz» va velosiped ishtirokidagi YTHda velosipedchi vafot etdi
Joriy yilning 30 aprel kuni soat 18:30larda, Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani, Xayitobod mahallasi hududidan o‘tuvchi xalqaro M-41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining 1575-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1997 y.t. S.R. “Matiz” rusumli transport vositasini boshqarayotib, quvib o‘tish manyovrini bajarish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan avtomobil bilan to‘qnashmaslik maqsadida o‘z avtomobilini chapga olib, “Jarqo‘rg‘on-Surxon” yo‘nalishida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan velosipedchi, 1965 y.t. A.Q.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Natijada, velosipedchi A.Q. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqqan vaqtingizda ham “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026
Toshkent viloyatida suvga oqizib yuborilgan jasad 80 kunda topildi
08:00 / 01.03.2026