Jahon | 00:04 / 01.05.2020
14490
3 daqiqa o‘qiladi

Tramp Saudiya Arabistoniga neft bo‘yicha ultimatum qo‘ygan - Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan 2 aprelda o‘tgan telefon muloqotida OPeK+ davlatlari neft olish hajmini qisqartirmasa, AQSh o‘z qo‘shinlarini podshohlikdan olib chiqishga majbur bo‘lishini aytgan.

Foto: AP /Alex Brandon

Bu haqda Reuters axborot agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. 

Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, valiahd shahzoda unga qo‘yilgan ultimatumdan shunchalik ajablanganki, Tramp bilan bu masalani yolg‘iz muhokama qilish uchun o‘z yordamchilaridan xonadan chiqib turishni so‘ragan. Saudiya Arabistoni rahbariyatiga neft qazib olish hajmini qisqartirmasdan, AQSh prezidenti ma'muriyati “kongressga podshohlikka qarshi cheklovlar kiritishga xalaqit qila olmasligi”, bu esa o‘z ortidan AQSh qo‘shinlarining olib chiqilishini keltirib chiqarishi mumkinligi yetkazib qo‘yilgan. 

Mart oxirida respublikachi senatorlar Kevin Kramer va Den Sallivan Ar-Riyodning neft sohasidagi harakatlari sababli AQShning Saudiya Arabistoniga harbiy yordamini to‘xtatish va podshohlikdan qo‘shinlar olib chiqilishi taklif qilingan qonun loyihasini kongressga muhokama uchun kiritishgan. 

Tramp Reuters’ning u Saudiya rahbariyatiga shunday ultimatum qo‘ygani haqidagi savoliga javoban “u buni aytmasligi kerakligini”, chunki valiahd shahzoda shundoq ham neftga past narxlar sababli “muammolar his qilayotganini anglaganini” aytgan. O‘z navbatida AQSh energetika vaziri Den Bruyyett Reuters’ga intervyusida Vashington amerikalik ishlab chiqaruvchilarni himoyalash uchun har qanday vositalarni qo‘llash huquqiga egaligini, jumladan harbiy yordam ko‘rsatilishini bir qator talablar bajarilishiga bog‘lashi mumkinligini aytgan. 

OPeK+ davlatlari 12 apreldagi tezkor videoanjumanda neft olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Bu kelishuv may-iyunda neft olish hajmini kuniga 9,7 mln, iyul-dekabrda 7,7 mln, 2021 yil yanvar-2022 yil aprelda 8,8 mln barrelga qisqartirishni ko‘zda tutadi.

Kelishuvga ko‘ra, neft bozoridagi eng yirik ishtirokchilar - Saudiya Arabistoni va Rossiya neft olish hajmini 2,5 mln barreldan, boshqa ishtirokchilar esa 2018 yil oktyabrdagi darajada qisqartiradi.

 

Mavzuga oid