Sardoba falokati oqibatlari: Qozog‘istonda 22 ming kishi evakuatsiya qilindi
Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Turkiston oblastida 22 ming kishi evakuatsiya qilingani haqida ma'lum qildi.
«O‘zbekistondagi Sardoba suv omborida to‘g‘on buzilib, suv toshib chiqishi natijasida Turkiston oblastining 10 ovulini suv bosdi. 22 mingdan ortiq aholi evakutsatsiya qilindi. Ularga ko‘mak ko‘rsatilmoqda. O‘zbekiston hukumati bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda», deya yoziladi Qosim-Jo‘mart To‘qayevning tvitterdagi sahifasida.
Өzbekstan aumag‘yndag‘y Sardoba su qoymasy bөgetіnің bұzyluy saldarynan Tүrkіstan oblysynyң 10 auylyn su basty. 22 myңnan astam tұrg‘yn evakuatsiyalandy. Olarg‘a kөmek kөrsetіlіp jatyr. Өzbekstan Үkіmetіmen kelіssөzder jүrgіzіlude.
— Qasym-Jomart Toqayev (@TokayevKZ) May 3, 2020
2 may kuni Sardoba suv omboridan suv chiqishi sababli Qozog‘istondagi to‘rtta qishloq aholisi evakuatsiya qilingandi. Keyinroq Qozog‘istonning Maxtaral tumanidagi yana bir aholi yashash punkti Orgebas suv ostida qolgani, 1451 kishi istiqomat qiladigan qishloq to‘liq evakuatsiya qilingani, evakuatsiya jarayonida hech kim jarohat olmagani ma'lum qilingandi.
Avvalroq, Qozog‘iston prezidenti o‘z tvitterida Turkiston oblastining Jyengis va Janga Turmis qishloqlarida Sardoba suv bomborida to‘g‘on o‘pirilishi natijasida kuchli suv toshqini kelib chiqqanini ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024