Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islandiyalik aktyor rekord og‘irlikdagi shtangani ko‘tardi (video)
Islandiyalik aktyor, “Taxtlar o‘yini” serialidagi Grigor Kligan roli ijrochisi sifatida ma'lum bo‘lgan Xaftor Byornsson 501 kgli shtangani ko‘tarib, jahon rekordi o‘rnatdi.
Foto: Reuters
Ushbu rekord urinish videosi YouTube’da joylashtirilgan.
Pauerlifter yangi rekordni o‘z mashg‘ulot zalida o‘rnatgan. Ushbu hodisa koronavirus sababli bekor qilingan rasmiy musobaqalarda yuz bermagani sababli, rekord tegishli tashkilotlar tomonidan tan olinishi hozircha noaniq. Avvalgi rekord 500 kgni tashkil qilib, britaniyalik Eddi Xollga tegishli bo‘lgan.
Byornsson 2 yil avval ham 472 kgli shtangani ko‘tarib, rekordchi bo‘lgan. Yaqinda u sayyoraning eng kuchli odami deb tan olingandi.
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
18:02 / 12.03.2026