O‘zbekiston | 14:47 / 06.05.2020
5003
3 daqiqa o‘qiladi

Senatning to‘rtinchi yalpi majlisi 11 may kuni chaqiriladi 

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan yalpi majlisda 20 ta masala, shu jumladan, 10 ta qonun ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.  

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

2020 yil 6 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisini joriy yil 11 may kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash va koronavirus infeksiyasi respublika hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olish maqsadida videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan yalpi majlisda 20 ta masala, shu jumladan, 10 ta qonun ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.  

“Salomatlik” ordenini ta'sis etish to‘g‘risida”gi, “Sog‘lom turmush” medalini ta'sis etish to‘g‘risida”gi, “Faxriy murabbiy” ordenini ta'sis etish to‘g‘risida”gi yangi qonunlar shular jumlasidan.

Shu bilan birga, “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi”gi, “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar muhokama qilinadi. 
 
Bundan tashqari, senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqiladi.

Yalpi majlisda “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining 2020 yil birinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining, Ombudsman, Hisob palatasi, Bosh prokuror va Markaziy bank boshqaruvi raisining 2019 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari eshitilishi ham nazarda tutilmoqda.

Yalpi majlis kun tartibiga hokimlar tomonidan qarorlar qabul qilinishida qonun hujjatlariga rioya etilishi holati yuzasidan Hukumatga parlament so‘rovi yuborish masalasi kiritilgan.

Prezidentning “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash masalasi navbatdagi majlis kun tartibidan o‘rin olgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid